O‘zbekiston | 15:06 / 01.05.2025
763
1 daqiqa o‘qiladi

Moliyaviy xavflarni aniqlash va baholash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan “Moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibi to‘g‘risida” gi nizom tasdiqlandi.

Foto: iStock

Nizom vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari) faoliyatidagi moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida xavflar Xavflarni boshqarish qo‘mitasi tomonidan boshqariladi.

Xavflar quyidagi tartibda baholanadi:

🔹 xavf ta’sirini aniqlash;
🔹 xavf ehtimolini aniqlash;
🔹 xavf ta’siri va ehtimoli natijalarini o‘zaro bir-biriga ko‘paytirish orqali xavf darajasini hisoblash.

Xavf ta’sirini aniqlashda quyidagi omillarga belgilangan mezonlar asosida 1 - 3 ball beriladi:

▪️xavfni boshqarish bo‘yicha tashkilot nazorati;
▪️tashkilotning ushbu xavf yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan funksiyasining avtomatlashgani;
▪️xavfning yuzaga kelishida normativ-huquqiy hujjatlardagi bo‘shliqlarning mavjudligi.

Bunda 3 ball tegishli xavf ta’sirining eng yuqori darajasini va 1 ball eng past darajasini bildiradi.

Mavzuga oid