Hafta oxirida harorat isishi kutilmoqda
Dam olish kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi va havo isishda davom etadi. Harorat +33…+35, janubda va cho‘l hududlarda +37…+39 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysida, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati +29...+32 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +33...+35 darajagacha bo‘ladi.
Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari havo +33...+35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +37...+39 darajagacha isiydi. Bunday harorat may oyi boshiga qaraganda yoz mavsumi uchun ko‘proq xosdir.
Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida 2–4 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat +29...+31 daraja, shanba va yakshanba kunlari +32...+35 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid

20:36 / 30.04.2025
1-2 may kunlari ayrim hududlarda sel-suv toshqini yuz berishi mumkin

12:26 / 28.04.2025
O‘zbekistonda hafta davomida quruq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda

17:10 / 25.04.2025
O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel xavfi e’lon qilindi

12:22 / 25.04.2025