O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston TIV rahbari maslahatchisi Fransiya elchisi bilan qo‘shma ta’lim loyihalarini ishlab chiqish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Fransiya elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, shuningdek, o‘zaro hamkorlik sohalarida tajriba almashish yuzasidan fikr almashildi.
Ta’lim loyihalarini ishlab chiqish, jumladan, fransuz maktabi faoliyati va Fransiya universitetini ochish rejalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tashabbuslar madaniy va akademik aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish uchun mo‘ljallangan.
Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgani sheriklik munosabatlarining yuqori darajasi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istagini tasdiqladi.
Mavzuga oid

23:49 / 29.04.2025
Fransiya Rossiya harbiy razvedkasini muntazam ravishda kiberhujumlar uyushtirib kelganlikda aybladi

15:26 / 29.04.2025
“Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyati takomillashtiriladi

08:00 / 29.04.2025
Hindiston Fransiyadan Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib oldi

18:55 / 27.04.2025