Jamiyat | 16:09 / 03.05.2025
6805
1 daqiqa o‘qiladi

2025 yilgi Haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Ziyoratchilar 13 maydan 28 mayga qadar Saudiya Arabistoniga jo‘natiladi.

O‘zbekistonda 2025 yilgi Haj mavsumi 13 may kunidan boshlanadi. 28 mayga qadar har kuni Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, ziyoratchilar Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga uchadi. Aviaparvozlar Uzbekistan Airways bilan birga FlyNas va FlyAdeal aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, Haj tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda: Ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi; Emlash ishlari olib borildi; Guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirildi; Safar oldidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi; Hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, har bir ziyoratchiga «Haj – buyuk ibodatdir» qo‘llanmasi, sumka, nimcha, termos, soyabon, sim-karta va quvvatlagich taqdim etilgan.

Mavzuga oid