Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyov va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
Ikki o‘rtadagi ittifoqchilik munosabatlariga oid dolzarb masalalar muhokama qilingan, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi voqealar yuzasidan fikr almashilgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston tomonining axborotiga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
O‘zaro savdo sur’atini saqlab qolish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlangan.
“Toshkent shahrida beshinchi "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.
Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim, sport va turizm sohalarida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak uchrashuvlar rejasini muhokama qildilar”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Bugun, shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rus elchisini chaqirib, Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning huquqlari poymol qilinishi holatlari ko‘payib borayotganiga e’tiroz bildirdi.
Avvalroq O‘zbekistonning mingdan ortiq fuqarosi Rossiya tomonidan yollanib, Ukrainadagi urushga jalb etilgani haqidagi ma’lumotlar O‘zbekistonning vakolatli organlar tomonidan o‘rganilayotgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025
Tramp: «Putin olov bilan o‘ynayapti»
21:22 / 27.05.2025