Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda 28 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi
Haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, jarimaga tortilgan.
Foto: Videodan kadr
Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanida 28 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan Damas avtomobili haydovchisi ushlandi.
YHXX matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-8-moddasi (transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHM 2 baravari miqdorida (750 ming so‘m) jarima belgilangan.
Avvalroq, Surxondaryo viloyati, Denov tumanida 32 nafar bolani bog‘chaga tashiyotgani Damas aniqlangan edi.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025