«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
Poytaxtda «Yunusobod» bozori hududining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, asosiy maqsad tadbirkorlar hamda bozor tashrif buyuruvchilari uchun qulaylik, tartib va xavfsizlikni oshirishdan iborat.
Avval ushbu hududda 180 ta avtomobil uchun to‘xtash joylari mavjud edi. Ishlar olib borilayotgan davrda Ahmad Donish ko‘chasi bo‘ylab, jumladan yo‘l o‘tkazgich ostida, 350 ga yaqin to‘xtash joyi tashkil etildi. Bu tashrif buyuruvchilar uchun bozorga kirish imkoniyatini saqlab qoladi.
Ilgari avtoturargohda avtomobillardan tartibsiz savdo amalga oshirilgan bo‘lib, bu tartib va o‘tish yo‘llariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Endilikda bu holat tartibga solinmoqda — avtomobillardan savdo qilgan shaxslar 50 metr ichkariga, maxsus tashkil etilgan hududga ko‘chirilmoqda. Bu yerda ular savdo qilishi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilgan.
Barcha tadbirlar bozor hududida sanitariya holatini yaxshilash, xavfsizlikni oshirish, qulaylikni ta’minlash va tartib o‘rnatishga qaratilgan, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid

07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi

22:28 / 16.04.2025
Toshkentda yo‘l talashgan Spark haydovchisi temir bilan Matiz haydovchisini urdi

10:02 / 16.04.2025
Toshkentdagi «Risoviy» bozori kimoshdi savdosiga qo‘yildi

22:19 / 10.04.2025