Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mushkul ahvolda qolgan vatandoshlar doimiy yashash manziliga qaytarildi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, hamyurtimiz S.L. Yekaterinburg shahriga turmush o‘rtog‘i bilan vaqtincha ishlash maqsadida kelgan qizi M.O.ning tug‘uruqxona bilan bog‘liq muammolarini hal qilish berishni so‘rab murojaat qilgan.
Bosh konsulxona huzuridagi "Ayollar kengashi" raisi mazkur murojaatni har tomonlama o‘rganib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, M.O. Yekaterinburg shahrida turmush o‘rtog‘i, onasi va voyaga yetmagan farzandi bilan yashab kelgan. Turmush o‘rtog‘i oilaviy kelishmovchilik sabab ularni tashlab ketgan.
Mahalliy shifokorlar bilan olib borilgan maslahatlar natijasida bo‘lg‘usi onaning homilasiga va O‘zbekistonga qaytishi uchun tahdidlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Bosh konsulxona xodimlari va Sverdlovsk viloyatidagi faol vatandoshlar ko‘magida hamyurtlarning doimiy yashash manziliga yetib olishi uchun "Yekaterinburg-Toshkent" yo‘nalishidagi samolyotga chipta xarid qilib berildi.
O‘zbekiston diplomatlari mazkur oilani 3 may kuni Yekaterinburg shahridagi "Kolsovo" xalqaro aeroportidan Toshkent shahriga kuzatib qo‘yishdi.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
19:21 / 01.05.2025
Qozog‘istonda pasporti olib qo‘yilib, ishlashga majburlab kelingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
10:07 / 29.04.2025