Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
BAAdagi «Disneylend» loyihasini ishlab chiqishga taxminan ikki yil, bog‘ni qurishga esa olti yilga yaqin vaqt ketadi.
Disney kompaniyasi Yaqin Sharqdagi birinchi tematik bog‘ini quradi. U BAA poytxati Abu-Dabida ochiladi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, «Disneylend» Yas sun’iy orolidan joy oladi. Loyiha tafsilotlari oshkor etilmayapti. Disney faqat loyihani ishlab chiqishga taxminan ikki yil, bog‘ni qurishga esa olti yilga yaqin vaqt ketishini ma’lum qilgan.
«Abu-Dabidagi «Disneylend» chinakam Disney ruhida bo‘ladi, shu bilan birga, u amirliklarga xos betakrorlikni ham o‘zida aks ettiradi — bu dunyo chorrahasida joylashgan ajoyib Disney o‘yin-kulgi oazisiga aylanadi», — deydi The Walt Disney Company bosh direktori Robert Ayger.
Kompaniyadagilarga ko‘ra, BAAda dunyodagi eng yirik aviatsiya habi joylashgan. Yer aholisining uchdan bir qismi uchun Arab Amirliklariga tashrif buyurish o‘rtacha to‘rt soatni tashkil etadi — mamlakat istiqbolli turistik yo‘nalish hisoblanadi.
Hozirgi kunda dunyoda oltita «Disneylend» mavjud — ular Kaliforniya, Florida, Tokio yaqinidagi Urayasu shahri, Shanxay, Hongkong va Parijda joylashgan.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
19:01 / 07.05.2025