Iqtisodiyot | 13:59
2314
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 49 mlrd dollardan oshdi

2025 yilning 1 may holatiga O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 49,25 mlrd dollarga yetdi. Bu rekord ko‘rsatkichdir. Zaxiralarning keskin oshishiga jahon bozorida oltin qimmatlashgani va o‘zining tarixiy maksimum narxlarini bir necha marotaba yangilagani asosiy omil bo‘ldi.

Foto: Getty Images

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1 may holatiga 49,25 mlrd dollarni tashkil etib, 1 aprel holatiga nisbatan 1,4 mlrd dollarga oshdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirib o‘tilgan

O‘tgan oyda xorijiy valutadagi zaxiralar 617 mln dollarga oshdi — 9,41 mlrd dollardan 11,03 mlrd dollargacha. O‘z navbatida zaxiralardagi oltinning fizik hajmi 11,8 mln troya unsiyadan 11,5 mln troya unsiyagacha kamaygan bo‘lsa-da, qiymati 36,8 mlrd dollardan 37,6 mlrd dollargacha oshgan. Bunga mart oyida oltin narxlarining keskin qimmatlashgani sabab bo‘lgan.

“O‘zbekiston yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2025 yil aprel oyida 1401 mln dollarga oshdi. Xususan, oy davomida oltin narxining 3120,2 dollardan 3284,3 dollargacha oshishining ta’siri 1881,3 mln dollarni tashkil etdi”, deyiladi MB xabarida.

Bundan tashqari, o‘tgan yildan Markaziy bank aktivlarni diversifikatsiya qilish doirasida xorijiy qimmatli qog‘ozlarni sotib olishni ham boshlagandi. Aprel oyi yakuniga kelib zaxiradagi bunday qimmatli qog‘ozlar hajmi 704 mln dollarga yetgan.

Mavzuga oid