Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniyaning yangi tayinlangan elchisi Alenka Suhadolnikdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Foto: TIV
Alenka Suhadolnik Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston TIV rahbari yangi elchidan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.
«Uning ushbu lavozimga tayinlanishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yo‘lida xizmat qilishiga ishonamiz.
Hech shubhasiz, hamkorligimizni yanada oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ikki tomonlama munosabatlarning 2025 yilgi kun tartibi boy va juda istiqbolli. Turli sohalarda aloqalarimizni mustahkamlash bizning ustuvor vazifamizdir», — deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil iyun oyida Sloveniyaning O‘zbekistondagi elchisi Darya Bavdaj Kuret tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgandi.
Mavzuga oid

11:30 / 26.05.2025
Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat

10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin

08:00 / 23.05.2025