Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi
AQSh prezidenti ma’muriyati Qatar qirollik oilasidan sovg‘a sifatida hashamatli Boeing 747-8 samolyotini qabul qilishga tayyorlanmoqda, deb xabar berdi ABC News.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Qatar qirollik oilasidan hashamatli Boeing 747-8 samolyotini sovg‘a sifatida qabul qilishga tayyorlanmoqda. Sovg‘a Tramp tomonidan Air Force One prezidentlik borti sifatida ishlatilishi kutilmoqda. Uning muddati tugagunga qadar laynerga egalik huquqi Tramp prezidentlik kutubxonasi fondiga o‘tadi. Bu haqda 11 may, yakshanba kuni ABC News axborot xizmati manbalarga tayanib xabar berdi.
Sovg‘a haqida kelasi hafta Tramp Qatarga tashrif buyurganida e’lon qilinishi kutilmoqda. Biroq, topshirishning o‘zi tashrif davomida amalga oshirilmaydi.
Oq uy rahbari ko‘pincha «uchar saroy» deb ataladigan samolyotni fevral oyida Floridadagi Uest-Palm-Bich xalqaro aeroportida qisqa muddatga qo‘nganida ko‘rgan.
Oq uy bosh yuristi Devid Uorrington va Adliya vazirligi ekspertlarining fikricha, agar sovg‘a Mudofaa vazirligida ro‘yxatdan o‘tsa va muddati tugaguniga qadar Tramp kutubxonasiga o‘tkazilsa, korrupsiyaga qarshi qonunlarni texnik jihatdan buzmaydi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025