Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkaziladi
O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari va Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tehronda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida siyosiy muloqot masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev Tehron shahrida Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sayid Rasul Mohajyer bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Eron hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar, shuningdek, transport va logistika sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, xususan, ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025