Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
U tezlik chegarasi 30 km/soat belgilangan hududdan soatiga 52 km tezlikda uchib o‘tgan.
Shveytsariyaning Kenits komunnasida yo‘l kamerasi tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi. Bu mazkur hududdagi birinchi holat emas, deb xabar beradi Berner Zeitung.
Qayd etilishicha, «qoidabuzar» o‘rdak surati mahalliy hukumat tomonidan e’lon qilingan. Kamera o‘rnatilgan joydan o‘rdak soatiga 52 kilometr tezlikda uchib o‘tgan — ushbu hududda harakat tezligi soatiga 30 kilometrgacha cheklangan.
Amaldorlarning ma’lum qilishicha, o‘rdak «retsidivist» bo‘lishi mumkin, chunki shunga o‘xshash o‘rdak bundan yetti yil oldin ham ushbu kamera obektiviga muhrlangan. U ham xuddi shu tezlikda uchib o‘tgan.
Mahalliy aholi suratni feyk hisoblab, rasmiylar bu orqali hazillashayotganini bildirgan. Ammo politsiyaning ta’kidlashicha, radar tizimidagi suratlarni o‘zgartirib bo‘lmaydi, chunki barcha kameralar har yili Shveytsariya metrologiya instituti tomonidan tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
16:46 / 16.05.2025