O‘zbekistonda ilk bor robot yordamida bosh miya biopsiyasi bajarildi

Milliy tibbiyot markazida zamonaviy neyroxirurgik robot — B Remebot yordamida O‘zbekistonda ilk bor bosh miya sohasidan biopsiya olish amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
«Ushbu innovatsion texnologiya orqali operatsiya yuqori aniqlik, minimal shikast va bemor salomatligiga eng kam xavf bilan bajarildi. Robot miya to‘qimalaridan tahlil uchun zarur namunalarni aniq va xavfsiz tarzda olish imkonini berdi», deyiladi Milliy tibbiyot markazi matbuot xizmati xabarida.
B Remebot roboti yordamida endilikda:
• Miya o‘simtalarini aniqlash va olib tashlash,
• Epilepsiya va Parkinson kasalligini davolash,
• Miya qon tomir kasalliklari, shikastlanishlar va murakkab tashxislarni aniqlash mumkin bo‘ladi.
«Aytish kerakki, bu — neyroxirurgiya sohasida katta qadam bo‘lib, bemorlar uchun sog‘liq sari yangi imkoniyatdir», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

12:51 / 06.02.2025
Milliy tibbiyot markazida jigar transplantatsiyasi: singil akasiga hayot tuhfa qildi

19:44 / 15.01.2025
Milliy tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

17:30 / 24.12.2024
O‘zbekistonda birinchi marta suyak infarkti jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

18:38 / 19.12.2024