Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jaklin Kimmelstil bolalikdagi orzusini ro‘yobga chiqardi - u universitetda o‘qib, sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Foto: New York Post
AQShda Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli Jaklin Kimmelstil bolalikdagi orzusini ro‘yobga chiqardi. New York Post’ning yozishicha, u Maunt-Sent-Vinsent universitetini tamomlashga muvaffaq bo‘lgan.
Universitet saytida yozishicha, Jaklin Germaniyada tug‘ilgan va bolaligini Fransiyada, natsistlardan yashirinib yashab o‘tkazgan. 1947 yilda esa u AQShga ko‘chib o‘tgan va tikuvchi bo‘lib ishga joylashgan. Qo‘shma Shtatlarda u Osvensimda omon qolgan bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishgan.
Urush tufayli Kimmelstil maktabni tugatmagan va shu bois u kollejga ham kira olmagan. Jaklinning so‘zlariga ko‘ra, u o‘qishni juda yaxshi ko‘rgani uchun bundan «qattiq tashvishda yurgan».
Kimmelstilning orzusidan xabar topgan Maunt-Sent-Vinsent uning uchun to‘laqonli o‘qish kunini tashkillashtirishga qaror qildi.
2025 yil 13 may kuni 97 yoshli talaba ingliz va fransuz adabiyoti darslarida qatnashdi, shuningdek, basketbol o‘yinini kuzatdi. Kunning oxirida esa Kimmelstilga o‘qishni tamomlaganlik bo‘yicha rasmiy sertifikat topshirildi.
«Endi haqiqatda o‘zimni katta insondek his qildim. Men doim buni xohlardim», — deydi Kimmelstil.
Mavzuga oid

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

18:18 / 15.05.2025
«Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi» - Tramp urushni tugatish haqida

16:27 / 15.05.2025
AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmoqda. Bu nima uchun muhim?

16:01 / 15.05.2025