Iqtisodiyot | 20:27 / 19.05.2025
2249
2 daqiqa o‘qiladi

2025 yilning I choragida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi keskin oshdi

Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari miqdori 3,3 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu 2023 yilga nisbatan 32 foizga yoki qariyb 800 mln dollarga ko‘p.

Foto: Getty images

2025 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorijdan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi 3,3 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bankning «Pul-kredit siyosati sharhi»da keltirib o‘tilgan.

Pul o‘tkazmalari miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (2,5 mlrd dollar) 32 foizga oshgan. Keskin o‘sish asosiy savdo hamkor mamlakatlar valutalarining mustahkamlanishi hamda mehnat haqi yuqoriroq davlatlarga migrantlar oqimining oshishi bilan izohlanyapti.

Shuningdek, Markaziy bank so‘nggi paytlarda daromadlar o‘sishi o‘zgaruvchanligining asosiy omili sifatida ham pul o‘tkazmalarini keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari miqdori 14,8 mlrd dollarni tashkil qilgandi. Bu 2023 yilga nisbatan 30 foizga yoki 3,4 mlrd dollarga ko‘p.

Avvalroq, 2025 yilning birinchi choragida aholining umumiy daromadlarida xorijdan pul o‘tkazmalarining ulushi 15,8 foizdan 19,5 foizgacha oshgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid