Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
Aholi va sayyohlarga vulqonga 6-7 km radiusda yaqinlashmaslik, xotirjamlikni saqlash tavsiya etilmoqda.
Indoneziya sharqida Levotobi Laki-laki vulqoni otilishi boshlandi, deb xabar berdi CNBC Indonesia nashriga tayanib Central Asia.
Kul va tutun ustuni tog‘ tepasidan 5,5 km balandlikda yoki dengiz sathidan taxminan 7 ming metr balandlikka ko‘tarildi.
Xabarlarga ko‘ra, shamol doimiy ravishda kulni tarqatmoqda, bu vulqon faolligi beqaror ekanini anglatadi. Mutaxassislarning qayd etishicha, vulqon faolligi hali ham nisbatan yuqori. Shuning uchun mahalliy hokimiyat vulqon faolligini III darajadan IV darajaga ko‘tardi.
Aholi va sayyohlarga vulqonga 6-7 km radiusda yaqinlashmaslik, xotirjamlikni saqlash tavsiya etilmoqda. Tabiiy ofat sodir bo‘lish ehtimoli bor hududlarda joylashgan aholi yomg‘irlar paytida lava toshqinlari ehtimolidan ogohlantirildi.
Mavzuga oid
19:29 / 26.05.2025
Havayida Kilauea vulqoni otilishni boshladi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025