O‘zbekiston | 12:59 / 20.05.2025
1324
1 daqiqa o‘qiladi

Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni aytildi

Ushbu ko‘rsatkich 2015-2016 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 443,4 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda 2024-2025 o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 707,3 ming nafarni tashkil etgan. 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ushbu ko‘rsatkichni 2015-2016 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 443,4 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.

Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni yillar kesimida quyidagicha:

  • 2015-2016 o‘quv yili boshiga - 263,9 ming nafar;
  • 2016-2017 o‘quv yili boshiga - 267,9 ming nafar;
  • 2017-2018 o‘quv yili boshiga - 287,5 ming nafar;
  • 2018-2019 o‘quv yili boshiga - 313 ming nafar;
  • 2019-2020 o‘quv yili boshiga - 360,1 ming nafar;
  • 2020-2021 o‘quv yili boshiga - 441,8 ming nafar;
  • 2021-2022 o‘quv yili boshiga - 553,9 ming nafar;
  • 2022-2023 o‘quv yili boshiga - 622,6 ming nafar;
  • 2023-2024 o‘quv yili boshiga - 661,8 ming nafar;
  • 2024-2025 o‘quv yili boshiga - 707,3 ming nafarni tashkil etgan.

Mavzuga oid