Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshga doir pensiya «proaktiv» shaklda, fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi
Fuqaroning yoshga doir pensiyaga bo‘lgan huquqi belgilangan axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlarga asosan aniqlanadi.
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunga yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan yoshga to‘lgan fuqarolarga ularning murojaatisiz (proaktiv shaklda) pensiya tayinlanishini hamda fuqarolarning shunday tartibda tayinlangan pensiyani rad etish huquqini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, fuqaroning yoshga doir pensiyaga bo‘lgan huquqi belgilangan axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlarga asosan aniqlanadi.
Agar fuqaro proaktiv shaklda tayinlangan pensiya miqdoridan norozi bo‘lsa yoki mehnat faoliyatini davom ettirish va keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirsa, u pensiyani rad etish huquqiga ega.
Bunda fuqaro xabarnomani olgan kundan e’tiboran 10 kun ichida Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ariza bilan yoxud davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali so‘rovnoma to‘ldirgan holda murojaat qilishi kerak.
Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza va so‘rovnoma 10 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
Pensiyani fuqaroning proaktiv shaklda tayinlash to‘g‘risidagi masala fuqaro pensiya yoshiga to‘lgan kunning o‘zida ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
13:45 / 05.02.2025
Pensioner O‘zbekistondan chiqib ketganda pensiya qanday to‘lanadi?
16:33 / 10.01.2025
Pensiya miqdori ko‘proq chiqishi uchun tavsiyalar berildi
18:28 / 26.09.2024
Pensiya tizimi isloh qilinadi
16:55 / 11.12.2023