Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
Ular 22,5 ming dollar evaziga Qo‘shma Shtatlarga borish vizasini olib berishni va’da qilgan.
Toshkent shahrining Yunusobod va Bektemir tumanlarida noqonuniy yo‘llar bilan xorijiy davlatlarga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Yunusobod tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda J.A. ismli shaxs AQShda yashovchi qarindoshi B.R. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqarolar Z.S. va D.S.ni tanishlari yordamida Meksika va Yevropa davlatlari orqali Qo‘shma Shtatlarga borishi uchun viza olib berishi evaziga 22,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Bektemir tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda S.N. ismli shaxs fuqarolar M.A. va X.T.ning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida Yaponiya davlatiga ishga yuborishi evaziga 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025