Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim bitiruvchilarning xorijda ta’lim olishi uchun kvotalar ajratiladi
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2027 yildan har yili “Yorqin iste’dod” loyihasini amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilarining xorijiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishi uchun 200 tadan kvota ajratiladi.
Kvota xalqaro miqyosda e’tirof etilgan akademik reytingning eng ilg‘or 100 ta oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatidagi tashkilotlarga kamida 50 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilingan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchilariga ajratiladi.
Kvota talablariga javob beradigan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilar soni 200 nafardan kam bo‘lgan taqdirda, o‘qishga yuborish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmaydi.
Kvota talablariga javob beradigan Maktab bitiruvchilari va Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilar soni 200 nafardan oshganda, quyidagi ustuvorlik asosida tanlov amalga oshiriladi:
🔹 Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oila a’zosi hisoblanishi;
🔹 xorijiy oliy ta’lim tashkilotining xalqaro miqyosda e’tirof etilgan akademik reytingdagi o‘rni;
🔹 oliy ta’lim tashkilotidan taqdim etilgan grant miqdori.
Mavzuga oid
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
12:25 / 22.05.2025