Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi
Tumanga hokim etib tayinlanganiga hali 1 yil ham bo‘lmagan Alisher Qurbonov lavozimidan ozod qilingan. Uning o‘rnini bugungacha “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ direktori vazifasida ishlab kelgan Abdulla Mamatqulov egalladi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Xalq deputatlari Muzrabot tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qatnashib, Muzrabot tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida to‘xtalgan.
Sessiya davomida shu vaqtga qadar Muzrabot tumani hokimi vazifasini bajarib kelgan Alisher Qurbonov lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu lavozimga Mamatqulov Abdulla Abdimo‘minovich nomzodini taklif etgan. Taklif tuman Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullangan.
Abdulla Mamatqulov 1985 yilda Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini mexanik-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida “Surxondaryo suv ta’minoti” MChJ direktorining o‘rinbosari, Bandixon tumani hokimining o‘rinbosari, “Surxondaryosuvqurilishinvest” DUK direktori kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ direktori vazifasida faoliyat yuritgan.
Muzrabot tumaniga 2024 yil sentabr oyi oxiridan Alisher Qurbonov rahbarlik qilib kelayotgandi. Hokim etib tayinlanganiga 1 yil ham bo‘lmagan Qurbonovning nega lavozimdan olingani aniq emas.
Mavzuga oid

18:11 / 26.11.2024
Surxondaryoda yuqori sinflar uchun maktab binosi hokimlik aybi bilan bitkazilmayapti

16:15 / 25.09.2024
Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi

22:16 / 18.05.2024
Surxondaryoda Cobalt svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib bolalarni urib yubordi

12:19 / 25.01.2023