Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
Federal sudya AQSh prezidenti Donald Trampning Ta’lim vazirligini qisqartirishga urinishini blokladi, deb yozadi New York Post.
Mart oyida AQSh prezidenti federal Ta’lim vazirligini tugatishni nazarda tutuvchi farmonni imzolagan edi. Tramp vazirlikni Amerikaning yomon akademik ko‘rsatkichlarida aybladi va shtatlar yaxshiroq ish qilishi mumkinligini aytdi.
Farmonga ko‘ra, maktab siyosati deyarli butunlay shtatlar va mahalliy kengashlar qo‘lida qoladi. Vazirlikning to‘liq yopilishi uchun Kongress akti talab qilinadi va Tramp buni amalga oshirish uchun ovozga ega emas.
Massachusets shtatining Boston shahridagi AQSh okrug sudi sudyasi Men Chjun Trampning Ta’lim vazirligini yo‘q qilish haqidagi farmonini bloklab, buni Kongress ma’qullashi zarurligini aytdi.
U, shuningdek, Tramp ma’muriyati prezident jamoasi apellyatsiya berishga va’da bergan shu yil boshidagi dastlabki sud taqiqi doirasida ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qayta tiklashni buyurdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025