Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rakat masjidi imomi Rabbimqul Muhammadiyev Madinada vafot etdi
Haj mavsumida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga ellikboshi sifatida yuborilgan Toshkentdagi Rakat masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev Madina shahrida vafot etdi. Imom Saudiya Arabistonida betob bo‘lib, komaga tushib qolgani aytilmoqda.
2025 yil Haj mavsumida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga ellikboshi sifatida yuborilgan Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi Rakat jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev vafot etdi.
Masjid telegram kanalida berilgan xabarga ko‘ra, imom Saudiya Arabistonida betob bo‘lib, komaga tushib qolgan va 26 may kuni tongda vafot etgan.
«Madinada, bugun xastalikdan so‘ng Robbim huzuriga omonatlarini topshirdi», deyiladi xabarda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kun.uzʼga Rakat jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev Madina shahrida vafot etganini tasdiqladi. Lekin buning sabablari ochiqlanmadi.
Shuningdek, Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurti hamda Islom.uz portali ham Rabbimqul domla Muhammadiyevning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etgan.
Rabbimqul Muhammadiyev 2019 yildan buyon Rakat masjidi imom-xatibi edi. Bunga qadar Olmazordagi Imom Termiziy masjidida imom-xatib bo‘lgan.
Kun.uz imom domlaning yaqinlariga sabr-toqat tilaydi va hamdardlik bildiradi.
Mavzuga oid
16:20 / 26.05.2025
«Samolyotga chiqishi bilan uyquga ketgan va uyg‘onmagan» – Madinada vafot etgan o‘zbekistonlik imom haqida ma’lumot berildi
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
08:20 / 13.05.2025