Jahon | 10:08 / 09.05.2015
4996
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada G‘alaba paradi boshlandi

Moskva shahrida Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan parad boshlandi. Tadbir Rossiyaning barcha asosiy telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinmoqda.


Ma'lumot berilishicha, Rossiyaning boshqa shaharlarida ham g‘alabaga bag‘ishlangan paradlar va tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularda minglab harbiy xizmatchilar va yuzlab harbiy texnika birliklari ishtirok etmoqda. Jumladan, Moskva shahridagi paradning o‘zida 16.5 ming harbiy xizmatchi ishtirok etishi ma'lum qilinmoqda.


Tadbirni yoritish uchun dunyoning turli burchaklaridan OAV xodimlari yetib kelgan.
Shuningdek, ilgariroq paradda o‘zbekistonlik faxriylar ham ishtirok etishi ma'lum bo‘lgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish