Sport | 09:18 / 17.05.2015
2206
1 daqiqa o‘qiladi

“PSJ” Fransiyada beshinchi chempionligiga erishdi

Fransiya chempionati yakunlanishiga bir tur qolganda «Monpele»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan «PSJ» Fransiya chempioniga aylandi. Natijada 37 turda 80 ochko to‘plagan Loran Blan shogirdlari muddatidan ilgari chempionlikni qo‘lga kiritdi. Jamoa mavsumda hozirgacha 80ta gol urgan va 34ta gol o‘tkazib yuborgan. Zlatan Ibrahimovich 19ta gol (24ta o‘yina) bilan jamoa to‘purari bo‘lib turibdi.


Qayd etish joizki, jamoa ketma-ket uchinchi, umumiy hisobda beshinchi bor Fransiya chempioni bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish