Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevning "Dinamo" jamoasi Ukrainada joriy mavsum chempioniga aylandi
Kiyevning "Dinamo" jamoasi 17 may kuni o‘z maydonida Ukraina premer-ligasining 24-turi doirasida "Dnepr"ni qabul qildi va g‘alaba qozonib, muddatidan oldin chempionlikni nishonladi.
"Olimpiyskiy" o‘yingohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Domagoy Veda tomonidan 84-daqiqada urilgan gol mezbonlarning g‘alabasini ta'minladi.

Kiyevliklar 24 o‘yinda 62 ochko jamg‘arishdi va 62ta to‘p kiritishdi. Jamoa o‘z darvozasidan atigi 10ta gol o‘tkazgan.

Ayni vaqtda chempionat yakunlanishiga 2ta tur qolgan va "Dinamo"dan keyingi o‘rinlarda "Shaxtyor" (55 ochko) va "Dnepr" (50 ochko) jamoalari joylashishgan.

