Fan-texnika | 18:38 / 21.05.2015
3077
2 daqiqa o‘qiladi

LG G4 smartfoni ta'mirlash oson bo‘lgan flagman smartfonlardan biri ekanligi aniqlandi

Sotuvga chiqqaniga ko‘p bo‘lmagan LG G4 smartfoni xitoylik mutaxassislar tomonidan bo‘laklarga ajratib, o‘rganib chiqildi.

Smartfonning orqa qopqog‘i, batareyasi yechib, bir nechta vintlar burab olingandan keyin LG G4 smartfoni Android operatsion tizimida ishlovchi yetakchi smartfonlar orasida ta'mirlash oson bo‘lgan smartfonlardan biri ekanligi aniqlandi. LG kompaniyasi smartfonlar tuzilishida doimo oddiylikka erishgan va LG G4 buning yaqqol isbotidir.

LG G3 dan farqli, yangi smartfon biroz bukilgan holda ishlangan.

Smartfon ichida o‘rnatilgan ko‘p sonli butlovchi qismlarga qaramasdan, smartfonni bo‘laklarga ajratish uchun bor-yo‘g‘i 15 daqiqa talab etildi. Butlovchi qismlarning anchaligi hisobga olinadigan bo‘lsa, korpus ichida hamma detallar orasta joylashgan, ortiqcha yelim yoki simlarda chalkashliklar yo‘q.

Mutaxassislar smartfonni ta'mirlash qulayligini qayd qilishmoqda. Smartfonning biror qismi, jumladan old kamera buzilib qolsa, uni bemalol mustaqil ravishda yangisiga almashtirsa bo‘ladi.