Sport | 15:28 / 22.05.2015
3042
1 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronaldu Jyerrardga videomurojaat yo‘lladi

“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy mavsum yakunlaganidan so‘ng “Liverpul” jamoasini tark etishi kutilayotgan Stiven Jyerrardga videomurojaat yubordi.

“Salom, Stiv! “Manchester Yunayted” va “Liverpul” o‘rtasidagi bahslar doirasida senga qarshi o‘ynash juda maroqli bo‘lganini aytmoqchiman. Sen fantastik futbolchisan. Men senga futbolda va shaxsiy hayotda eng yaxshi tilaklarni bildirib qolaman!”, – deyiladi murojaatda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish