Jamiyat | 20:53 / 27.05.2015
4027
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki oyog‘i yo‘q mushukchasi Instagram yulduziga aylandi

Tug‘ma xastalik tufayli ikki old oyog‘i yo‘q mushukcha Instagram yulduziga aylandi. The Daily Mail nashrining yozishicha, bir oy ichida uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga 50 ming foydalanuvchi obuna bo‘lgan.

Jonivorning egasi Jyeki Dik Eykining aytishicha, u mushukchani 2014 yilning oktabrida daydi jonivorlar uyidan olgan. U mushukka Lil’ Bunny Sue Roux (Quyoncha Syu Ru) laqabini bergan.

Ta'kidlanishicha, mushukcha tez orada ikki oyoqlab yurishni o‘rgangan. Tezlashish kerakligida esa u quyoncha yoki kenguru singari orqa oyoqlarida sakraydi. Kelajakda Eyki mushugining old oyoqlari o‘rniga protezlar o‘rnatishni rejalashtirmoqda.