Fan-texnika | 21:22 / 27.05.2015
4874
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik milliarder o‘g‘li o‘zining itiga 800 funt sterling turadigan bir juft Apple soati sovg‘a qildi

Xitoylik milliarder o‘g‘li o‘zining iti uchun har biri 800 funt sterling turadigan bir juft Apple soati sotib oldi, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

Xaska zotiga mansub ushbu itning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida uning oldi oyoqlariga soatlar taqib qo‘yilgan holdagi rasmi chop etildi.

“Xaxa, menda yangi soat bor! Men, albatta, 4 ta oyog‘im borligi uchun 4 ta soat taqib yurishim kerak edi, biroq unda haddan tashqari oshirvorgan bo‘lardim”, deb hazilomuz xabar qoldirildi itning sahifasida.

It egasi otasining boyligi 25 mlrd dollarga baholanini aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish