Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xavi "Barselona"dagi kuboklari bilan xayrlashdi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Xaver Ernandes yaqin vaqtlar ichidan Qatar chempionatida o‘z faoliyatin davom ettiradi. Futbolchi klub bilan xayrlashish oldidan jamoa bilan qo‘lga kiritgan barcha kuboklarni bir joyga yig‘ib esdalik uchun rasmga tushdi.
Futbolchining "Barselona" bilan qo‘lga kiritgan titullari:
- 4x UYeFA Chempionlar ligasi (2006, 2009, 2011, bu yerda 2015 yilgi kubok yo‘q)
- 2x FIFA klublar o‘rtasidagi JCh (2009, 2011)
- 2x UYeFA superkubogi (2009, 2011)
- 8x Ispaniya chempioni (1999, 2005, 2006, 2009-2011, 2013, 2015)
- 3x Ispaniya kubogi (2009, 2012, 2015)
- 6x Ispaniya superkubogi (2005, 2006, 2009-2011, 2013)

Bundan tashqari Xavi terma jamoa safida JCh-2010, ikki marta Yevropa chempioni (2008, 2012), U-20 JCh (1999) g‘oliblikni qo‘lga kiritish bilan birga Sidney Olimpiadasining (2000) kumush medali bilan taqdirlangan.
Qatarning "Al Sadd" jamoasi bilan bu futbolchi bilan 3 yillik shartnoma tuzgan va o‘tgan haftada u jamoaning yangi a'zosi sifatida rasman tanishtirishtirilgan edi.