Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Shayx Zayniddin” jome masjidida 10000 ga yaqin namozxonlar tarovih namozini ado etmoqda
Toshkent shahrining “Shayx Zayniddin” (Ko‘kcha) jome masjidida tarovih namozlari xatmi Qur'on bilan ado etilmoqda. 17 iyundan boshlangan xatmi Qur'onda "An'om" surasigacha o‘qib bo‘lindi. Tarovih namozlarida Qur'oni karim 21 kunda xatm qilinishi rejalashtirilgan.

Bu yil jome masjidida Quronni karim xatimini Xasanxon qori va Nasrulloh qorilar ado etishyapti. Ularning go‘zal qiroatlari namozxonlarni xushnud etmoqda. Tarovih namoziga har kuni 10000 ga yaqin namozxonlar tashrif buyurmoqda.
Jome masjidda namozxonlarning ibodatlari uchun barcha shart sharoit yaratib berildi. Ko‘ngillilardan iborat yoshlar namozxonlarga xizmat qilishmoqda.
“Shayx Zayniddin” jome masjidining matbuot xizmati tomonidan kunlik tarovih va unga tayyorgarliklar muntazam yoritilmoqda. Tarovih mav'izalari muxlis.uz saytida e'lon qilinmoqda.







Manba: qadriyat.uz