Jahon | 17:03 / 26.06.2015
2952
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi teraktda boshi tanasidan judo qilingan odam zavod ishchisi emasligi aniqlandi

Fransiyada portlatib yuborilgan zavod yaqinida boshidan judo qilingan tanasi topilgan odam ishchi emasligi aniqlandi. Bu haqda Le Monde nashri yozmoqda.


Eslatib o‘tamiz, Sen-Kentan-Falave shahridagi zavodga noma'lum shaxs hujum uyushtirib, benzin baklarini portlatib yubordi. Voqea joyida tanadan judo qilingan bosh topilgan. Bosh arabcha xatlar tushirilgan matoga o‘ralgan edi.
Qo‘poruvchilikni amalga oshirgan ekstremist uning boshini zavod devoriga qo‘yib ketgan edi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari uning zavod ishchisi emasligin aniqlashdi.
Gumondor qo‘lga olindi, ammo hozircha ko‘rsatma berishdan bosh tortmoqda. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish