Sport | 00:17 / 29.06.2015
3549
1 daqiqa o‘qiladi

Bokuda Yevropa o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

28 iyunda Ozarboyjon poytaxti Bokuda o‘tkazilgan tarixdagi birinchi Yevropa o‘yinlarining yopilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda 17 ta davlatdan 1600 ko‘ngilli ishtirok etdi. Shou tashkilotchilari 10 mingga yaqin pirotexnik vositalardan foydalandilar.

Ushbu marosimda feyyerverk va musiqani uyg‘unlashtirish uchun 200 soatga yaqin vaqt sarflandi.

Marosimni 68 ming tomoshabin to‘g‘ridan-to‘g‘ri stadiondan turib, 800 mln ga yaqin tomoshabin televizor orqali jonli ravishda kuzatdilar.