Fan-texnika | 16:57 / 04.07.2015
28283
10 daqiqa o‘qiladi

Sariq chaqaga sotilgan dunyoning 10 ta qoyilmaqom ixtirosi

Ajoyib ixtirolar endi yaratilgan damda foydalidek yoki o‘ziga xos ko‘rinish bermaydi. Tarixda shunday paytlar bo‘lganki, insonlar pul ishlash maqsadida o‘zlari yaratgan bebaho ixtironi deyarli sariq chaqaga sotib yuborishgan va ular o‘zlarining yangi sohiblariga juda ko‘p daromad olib kelgan. Hozir biz quyida arzonga sotib olinib, millionlab foyda olingan o‘nta ixtiro to‘g‘risida so‘z yuritamiz. 

Edgar Po she'ri

1. Edgar Allan Po

Edgar Allan Poning “Qarg‘a” she'rida qarg‘aning sevgidan azob chekayotgan odam yoniga uchib kelishi haqida kuylanadi. Dastlab Po she'rini do‘stining jurnalida e'lon qilmoqchi bo‘ladi, lekin u yerdan rad javobini oladi. Shundan keyin Po she'rini “The American Review”ga 9 dollarga sotadi. She'r tezda el orasida mashhur bo‘lib ketdi. Asar mamlakat bo‘ylab davriy nashrlarda qayta-qayta chop etildi va Edgar Allan Poni elga tanitdi. Hozirda “Qarg‘a” dunyoning eng mashhur she'rlaridan biri sanaladi. She'r asosida yozilgan kitoblar va olingan filmlarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. 2009 yilda ichida mazkur she'r bo‘lgan ilk kitoblardan biri 662 500 dollarga sotildi. Edgar Po umri davomida nochor yashab, cho‘ntagida bir tiyinsiz bu dunyoni tark etgan.

Ingliz to‘g‘nag‘ichi

2. Ingliz to‘g‘nag‘ichi – yarim millionlik kashfiyot

Uolter Xant — ko‘plab kashfiyotlari bilan mashhur bo‘lgan Nyu-yorklik mexanik. Avtomobil ushlagichi, qaychi charxi, vintovka (soyli miltik), tramvay qo‘ng‘iroqchasi, oshxona plitasi, muz kesuvchi asbob, tikuv mashinasi, ko‘chalarni supirish mashinasi, mix ishlab chiqarish mashinasi va boshqa hayotimizni yengillashtirgan ixtirolar aynan unga tegishlidir. Do‘stidan olgan 15 dollarlik qarzini to‘lash maqsadida Xant nimadir foydali va tez to‘lanadigan buyum ixtiro qilishga qaror qildi. Uning miyasiga oddiygina to‘g‘nag‘ich yaratish fikri keldi. 1849 yilning 10 aprelida u ixtirosi uchun WR Grace kompaniyasidan 400 dollarlik patent oldi. Ixtirochi do‘stiga qarzini qaytardi, WR Grace esa mana shu oddiy buyum uchun millionlar tagida qoldi.

“Serjant  Pepperning yolg‘iz qalblar klub orkestri”

3. “Serjant  Pepperning yolg‘iz qalblar klub orkestri” - The Beatlesning sakkizinchi studiya albomi hisoblanadi. Albom Britaniyaning mashhur pop-artistlari bo‘lmish Piter Bleyk va uning ayoli Yann Xavort tomonidan yaratilgan muqova bilan chiqqan. Muqovada The Beatles guruhi a'zolarini o‘rab turgan ko‘plab tarixiy kishilar tasvirlangan. Xizmat haqi sifatida Bleyk va Xavortning har biri 10 funt sterlingdan (taxminan 280 AQSh dollari) pul olishgan. Albom afsonaga aylandi, jumladan, uning muqovasi ham tanilib ketdi. Uning dunyo bo‘yicha 32 million nusxasi tarqatildi va u dunyodagi eng ko‘p sotilgan albomlar sirasiga kiritildi. Uning muqovasi ham eng jozibali, deya tan olindi.

Jyele

4. Jyele — marketologlar orzusi

1895 yilda Nyu-yorklik yo‘talga qarshi sirop ishlab chiquvchi Pirl va Mey Uaytlar qanday qilib meva tamli siroplar qo‘shgan holda kukunsimon jyelatinni mazali va ancha foyda keltiruvchi mahsulotga aylantirishni o‘ylab topishdi. Ular o‘zlarining 88 foiz shakardan iborat mahsulotini “jyele” deb nomlashdi. Ular anchadan beri foydalanilmayotgan Piter Kuperning kukunsimon jyelatini patentini o‘zlashtirib, “jyele”ni savdoga chiqarishga qaror qilishdi. Biroq marketolog Uaytlarning jyelesi kutilgan natija bermadi va ular 1899 yilda patentini qo‘shnisi Frenk Vudvardga 450 dollarga sotishdi. Oradan biroz vaqt o‘tib, 1906 yilda jyelening yillik sotuvi 250 ming dollarga yetdi. 2013 yilda esa u deyarli 500 mln. dollarni ko‘rsatmoqda.

“Jyeyms Bond” musiqasi

5. “Jyeyms Bond” musiqasi birinchi marta 1962 yilda Monti Norman tomonidan “Doktor Nou” filmi uchun yozilgan edi. Kinokompaniya musiqaning ohangi yoqmagani uchun uni o‘zgartirish maqsadida Jon Barrini taklif qildi. Barri unga rok va jaz elementlarini qo‘shib, musiqaning umumiy tempini oshirdi. Natijada 50 yildan so‘ng mashhur bo‘lib ketadigan xit paydo bo‘ldi. Barriga xizmati uchun 250 funt sterling (taxminan 700 dollar) to‘lashdi. Monti Norman esa 1 mlndan ortiqroq gonorar oldi. 

Coca-Cola

6. Coca-Cola: miksturadan mashhur ichimlik tomon.

Farmatsevt Jon Pemberton 1886 yilda Coca-Colaning ilk formulasini yaratdi. Ichimlik o‘sha yilning mayida Atlanta dorixonalarida asab tizimi va miya uchun tonik sifatida sotuvga chiqdi. Uning bir shishasi 0,05 dollar turardi. Pemberton esa birinchi yildan bor yo‘g‘i 50 dollar daromad qildi. Tushkunlikka tushgan Pemberton kasalligi va morfiyga bog‘lanib qolganidan, ichimlikka bo‘lgan egalik huquqini boshqa investorlarga 1484 dollarga sotib yubordi. Ular ham, o‘z navbatida, patentni tadbirkor Ase Kendlerga 2300 dollarga sotishdi. Kendler koka-kolaning yagona egasiga aylandi va shu nomda kompaniya ham yaratdi. Natijada u 1919 yilda o‘z kompaniyasini 25 mln. dollarda, hozirgi kun bilan taqqoslaganda 341 mln. dollarga pullagan.

Van Gogning “Alvon uzumzor” kartinasi

7. “Alvon uzumzor”. Vinsent Van Gog.

“Alvon uzumzor” – 1888 yilda Van Gog tomonidan chizilgan moyli rasmdir. Bu ish Van Gogning umri davomida sotgan yagona rasmi edi. U 1890 yilda belgiyalik rassom Anna Bosh tomonidan 400 frankka (bugungi hisob bilan taxminan 1600 dollar) sotib olingan. Van Gog ham Edgar Po kabi nochorlikda yashab, fojyeaviy o‘lim topgan. Hozirda uning rasmlari million dollarlarga sotiladi. Uning eng qimmat kartinasi, “Doktor Gashe portreti”, 1990 yilda rekord summaga, 82,5 mln. dollarga (hozirgi hisobda 150 mln. dollar) sotilgan. Anna Bosh “Alvon uzumzor”ni 1906 yili 10 000 frankka sotgan.

“Terminator” — Gollivudning eng yaxshi g‘oyalaridan biri

80-yillar boshlarida Jyeyms Kemeron pulsiz, uysiz, mashinasi yoki do‘stining divanida uxlab yuradigan hali hech kim tanimaydigan rejissyor edi. O‘sha paytlari u kelajagi bor “Terminator” nomli ssenariy yozib, Gollivudning ko‘plab kompaniyalariga taklif qildi. Biroq Geyl Anna Xerddan boshqa hech kim endi ish boshlagan rejissyor bilan hamkorlik qilishni istamadi. Xerd agar Kemeron filmga bo‘lgan huquqini bor yo‘g‘i 1 dollarga unga sotsagina film rejissyori bo‘lishi mumkinligini aytdi. Kemeron xuddi shunday qildi. U filmga bo‘lgan huquqini yo‘qotgan bo‘lsa-da, bu qadam uni mashhur va dunyodagi eng yaxshi to‘lanadigan rejissyorga aylantirdi. 

Venom (O‘rgimchak-odam)

9. O‘rgimchak-odam — eng serdaromad qahramonlardan biri.

1982 yilda Rendi Shueller ismli Illinoys shtatilik “o‘rgimchak-odam” ishqibozi Marvel Comics tomonidan o‘tkazilayotgan tanlov uchun “o‘rgimchak-odam”ning syujyet chizig‘ini yaratdi. Shueller o‘z hikoyasi qahramoni uchun yangi qora libos ham yasadi.

Bir necha oy o‘tgach, u Marvel bosh muharriridan xat oldi. Uning yozishicha, g‘oya yoqqani uchun uni 220 dollarga sotib olmoqchi. Shueller bunga jon deb rozi bo‘ldi. Natijada uning syujyeti chop qilinmadi, balki 1984 yilning mayida “O‘rgimchak-odam” maxsus libosining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 2007 yilda ekranlarda chiqqan blokbaster filmning uchinchi qismining o‘zi dunyo bo‘yicha deyarli 900 mln. dollar daromad qildi.  

Jyek Londonning “Ajdodlar chaqirig‘i” romani

10. Jyek London Klondaykda oltin izlovchi bo‘lib ishlagan vaqtlaridan qolgan unitilmas xotiralaridan “Ajdodlar chaqirig‘i” romanini yozdi. Roman ilk marotaba 1903 yil yanvarida Saturday Evening Post jurnalining to‘rt sonida chop etildi va yozuvchiga bu uchun 750 dollar pul to‘landi. 1903 yilning o‘zidayoq Jyek London asarga bo‘lgan huquqini Macmillan Publishersga 2000 dollarga sotdi. O‘sha paytlari bu ko‘pchilik orzu qiladigan, topish ancha qiyin bo‘lgan mablag‘ edi. Kitob 1903 yilning 1 iyulida sotuvga chiqdi, uning narxi 1,5 dollar edi. Sotuvning birinchi kuniyoq kitobning 10 000 nusxasi sotib olindi. AQShda 1914 yili 500 000, 1964 yili esa, olti million kitob sotilgan edi. Biroq undan tushgan daromaddan London ham, uning avlodlari ham bir so‘m foyda olishmagan.

Manba: Xabardor.uz internet nashri