Light | 21:02 / 07.07.2015
6293
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyatida Ramazon shukuhi

Darhaqiqat, yurtimiz istiqlolga erishgandan so‘ng, barcha sohalar kabi diniy sohaga ham alohida e'tibor qaratildi. Mustaqillik sharofati bilan milliy va diniy qadriyatlarimizga erkinlik berilib, ramazon ro‘zasini tutish, hayit namozlarini ado etish, mohi mahbub fazilatidan kengroq bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldik.


Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik tufayli muborak Ramazon oyi o‘zgacha shukuh va ko‘tarinkilik bilan o‘tmoqda. Buni Qashqadaryo viloyatidagi masjidlar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.


Zotan, viloyatdagi barcha masjidlarda tarovih namozlari o‘qilmoqda. Masjid xodimlari tomonidan namozxonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, mazkur oy munosabati bilan homiylar ko‘magida, kam ta'minlangan, yordamga muhtoj oilalarga hamda mehr-muruvvat uylariga moddiy-ma'naviy yordamlar ham ko‘rsatilmoqda.


Tarovih namoziga kelganlar Alloh taolodan yurtimizda tinchlik ne'mati barqaror bo‘lishini, xalqimizning hayoti yanada farovon bo‘lishini so‘rab duoi xayrlar qilishmoqda.

Manba: Muslim.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish