Jahon | 13:37 / 11.07.2015
2255
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyaning Qohiradagi konsulligi binosi oldida portlash yuz berdi

Italiyaning Misr poytaxti Qohira shahri markazidagi konsulxonasi oldida kuchli portlash yuz berdi.

AFP nashri xabar qilishicha, bu portlash 11 iyul kuni tongida ro‘y bergan va konsullik binosiga jiddiy zarar yetkazib, 2 nafar qo‘riqchi hamda 3 nafar politsiyachining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, portlash natijasida ko‘chadagi kanalizatsiya tizimiga ham shikast yetgan.

Portlashning aniq sababi ma'lum qilinmagan, ba'zi xabarlarga ko‘ra, bu avtomobilga o‘rnatilgan bomba orqali amalga oshirilgan terakt bo‘lgan.

Ayni vaqtda konsulxona yopilgan. Terakt uchun javobgarlikni hozircha hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish