Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada ilk tungi veloparad bo‘lib o‘tdi
Moskva markazida 11 iyuldan 12 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan ilk tungi veloparadda ozmi-ko‘pmi 10 mingga yaqin velosiped mingan ishtirokchilar ishtirok etishdi. Soat 22:00 da Suvorov maydoni shunchalik tirband bo‘lib ketdiki, bu yerda olmaning yerga tushishiga joy qolmadi.
Roppa-rosa soat 23:00 dan boshlab, politsiyachilar va evakuatorlar boshchiligidagi velosipedchilar kolonnasi qolgan transport vositalari uchun to‘sib qo‘yilgan yo‘llar bo‘ylab Samotyokdan Bulvar halqasiga va u yerdan Manejnaya maydonidan Bolotnaya maydonigacha davom etgan 20 km lik yo‘lni bosib o‘tdilar.
Ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi va velosiped turi hech qanday ahamiyat kasb etmadi. Bunda ishtirokchilar uchun asosiysi veloparadda ishtirok etish bo‘ldi.







Suratlar manbasi: vesti.ru