Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada robotlar ishlaydigan birinchi mehmonxona ochildi
Nagasaki prefekturasida dunyodagi birinchi robomehmonxona ochildi. Ushbu mehmonxona xodimlarining asosiy qismi sun'iy intellekt sohiblaridir.
Henn-na nomli mehmonxonada ayni paytda 10 nafar mexanik gumanoid ishlamoqda: ulardan 3tasi resepshnda ma'mur, 4tasi shveysar, 2tasi xizmatkor va 1tasi garderobchi. Ulardan tashqari, mehmonxonada yana 10ta odam ishlaydi. Kelajakda robotlarning shtatning 90 foizini tashkil qilishi rejalashtirilmoqda.

Robotlarni ishlab chiqargan Koroko kompaniyasi birinchi marta gumanoidlarga inson qiyofasini berishning uddasidan chiqdi. Masalan, resepshnda ishlaydigan robotlarning ko‘rinishi yosh yapon qizlaridan ko‘chirilgan. Ular bir qancha intonatsiyaga ega, shuningdek, mehmonlar bilan yapon, xitoy, koreys va ingliz tillarida gaplasha oladi.

