Jahon | 10:10 / 18.07.2015
3530
1 daqiqa o‘qiladi
JARda ikkita poyezd to‘qnashishi oqibatida 400 dan ziyodroq odam halok bo‘ldi
Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahrida yo‘lovchi poyezdi bilan pochta poyezdi Yoxannesburg bilan Soueto qishlog‘i orasidagi yo‘nalishda to‘qnashib ketdi. Poyezdlar bir izda harakatlanayotgan bo‘lgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra baxtsiz hodisa oqibatida 426 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Shaharning shoshilinch avariyaviy xizmati vakilining aytishicha, barcha jarohatlanganlar yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilganlar.