Sport | 10:56 / 20.07.2015
2578
1 daqiqa o‘qiladi

Bartomeu Abidal va Puyolni "Barselona"da ishlash uchun taklif etmoqchi

18 iyul kuni "Barselona" prezidentligiga qaytadan saylangan Xosep Mariya Bartomeu jamoaning sobiq o‘yinchilari Karles Puyol hamda Erik Abidalni ishga taklif etishni rejalashtirgan. Bu haqda Sport.es nashrida yozilgan.

Qayd etish joizki, Bartomeu avvalgi prezidentligi davrida ham Abidalga 2 marta shu haqida taklif jo‘natgan, lekin sobiq futbolchi tomonidan rad etilgandi. Yaqin kunlarda prezident Abidal bilan shu masalani muhokama qilish uchun uchrashmoqchi.

Puyol esa muqaddam jamoada sobiq sport direktori Andoni Subisarettaning yordamchisi sifatida ishlagan, joriy yilning boshida Subisaretta ishdan bo‘shatilgach, u ham iste'fo bergandi. Puyol jamoaga qaytishga qarshi emasligini bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid