Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Mazda CX-9 modeli 300 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi
Carscoops nashrining ixtiyoriga yangi avloddagi Mazda CX-9 krossoverining josuslik suratlari kelib tushdi. Mashinaning niqoblangan sinov prototipi yo‘ldagi sinovlar paytida suratga olindi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, mashina 2,5 litrli 300 ot kuchiga ega turbomotor bilan jihozlanadi.
Bu dvigatel yangi avloddagi Mazda3 MPS xot-xetchida ham ishlatiladi. Bu mashinaning ilk namoyishia joriy yilning sentabrida Frankfurt avtosalonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Avvalroq Mazda CX-9 avlodlar almashinuvida 6 silindrli atmosferali dvigatelidan mahrum bo‘lib, uning o‘rniga “turboto‘rtlik” kelishi aytilgandi.

Suratlarga ko‘ra, avtomobil o‘lchamlari kattalashadi, tashqi ko‘rinishi KODO nomli “Mazda”ning joriy modellari uslubida bajariladi. Xususan, mashinaning oldingi qismi shakli CX-5 ixcham krossoveridan olingan. Yangi avloddagi CX-9 modeli haqida boshqa ma'lumotlar hozircha berilmagan. Taxminlarcha, mashinaning ko‘rsatkichlari haqidagi ma'lumotlar yil oxiriga kelib oshkor etiladi, sotuvga esa 2016 yilning 1-choragida chiqariladi.
Mazda CX-9 2006 yildan beri ishlab chiqariladi. Avtomobil 2010 yilda restayling qilingan.