Fan-texnika | 10:14 / 25.07.2015
7338
2 daqiqa o‘qiladi

Lada Xray avtomobilining intereri oshkor qilindi

24 iyulda Qozonda Tatariston respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov sinovdan o‘tkazgan Lada Vesta va Xray avtomobillari prototipi namoyish qilindi. Shuningdek, bu avtomobillarning, jumladan Xray intererining ilk fotosuratlari chop etildi.

Seriyali texnologiya bo‘yicha yig‘ilgan “Lada” Xrayning ilk sinov nusxasi konveyerdan 2015 yilning avgustida chiqadi. Noyabrda avtomobillarning seriyaoldi partiyasi ishlab chiqarilishi boshlanadi, 15 dekabrdan tovar mashinalari ishlab chiqariladi.

Lada Xray avtomobili ilk bor kontsept sifatida Moskva avtosalonida namoyish qilingan edi. Modelning tashqi ko‘rinishi bilan “Mersedes” va “Volvo”ning sobiq dizayneri Stiv Mattin shug‘ullangan. Prototipning yangi versiyasi 2014 yilning yozida Moskva motorshousida namoyish etilgan.

Taxmin qilinishicha, yangi model 122 ot kuchiga ega 1,8 litrli motor bilan jihozlanadi. Mashinada “mexanik” va “avtomatik” uzatmalar qutisi o‘rnatiladi. Shuningdek, motorlar gammasiga 1,6 litrli 4 silindrli 114 ot kuchiga ega benzinda ishlovchi motor ham kiritiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish