Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada avtohalokat oqibatida turistik avtobusning tomi sidirilib ketdi
Bilbao–Amsterdam yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan turistik avtobus Fransiya shimolida jiddiy avtohalokatga uchradi, deb xabar bermoqda La Voix du Nord.
Taxmin qilinishicha, avtobus haydovchisi Lill shahri atrofida uncha baland bo‘lmagan tunnelga kirayotgan paytda balandligi 2,6 metrdan ko‘proq bo‘lgan transport vositalariga ushbu tunnelga kirishni taqiqlovchi belgini payqamagan. Oqibatda ikki qavatli avtobusning tomi butunlay sidirilib ketdi.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 kishi jiddiy jarohat olgan va Lilldagi tibbiyot markaziga yetkazilgan. Yana 24 yo‘lovchi uncha katta bo‘lmagan jarohatlar olgan. 30 kishi karaxt holga tushib qolgani sababli ular bilan ruhshunoslar ish olib bormoqda.




