Sport | 15:22 / 06.08.2015
17751
2 daqiqa o‘qiladi

Daniyalik o‘smir Ronalduga o‘xshash qiyofada yurish uchun minglab yevro sarflaydi

Daniyaning Odense shahrida istiqomat qiluvchi Shanta ismli 16 yoshli o‘smir Ronalduning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. O‘z kumiriga o‘xshash uchun u nafaqat tashqi ko‘rinishini, balki, o‘z familiyasini o‘zgartirgan. Bu haqda Mirror nashrida yozilgan.
Shanta Ronaldu portugaliyalik yulduzning kiyinish uslubi, soch turmagi va hatti-harakatlarini takrorlaydi. U o‘zini haqiqiy Ronaldudek his qiladi.
"Ronaldu nafaqat mening kumirim, u meni ilhomlantiradi. Oila a'zolarim, do‘st-u birodarlarim meni Krishtianu Ronaldu deb chaqirishadi va bu benga huzur bag‘ishlaydi. Ular Ronalduga bo‘lgan qiziqishlarimni hurmat qilishadi. Ba'zilar meni aqldan ozgan deydi, biroq, bu mening borlig‘im", - deydi Shanta Ronaldu.

Shanta o‘z kumiriga o‘xshash uchun juda ko‘p mablag‘ sarflaydi. 17 yoshli muxlis Ronaldudek kiyinish va kosmetik harajatlar uchun minglab yevro ishlatadi.
Ta'kidlash joizki, o‘z kumirini ko‘rish uchun Shanta o‘tgan yili oktabr oyida “Real Madrid” akademiyasiga tashrif buyurib, Ronaldu bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘lgan.
"Ronalduni uchratganimda o‘zimni baxtli his qilganman. U ham meni ko‘rib hayratga tushgan. Ronaldu mendek muxlisi borligidan xursand bo‘lganini aytganida, bundan mag‘rurlandim. Tez orada yana uni ko‘rish uchun Ispaniyaga boraman, - deydi o‘smir.

Qayd etish kerakki, OAVlar Ronalduning qiyofadoshi haqida bundan oldin ham yozishgandi. O‘tgan yilning sentabrida britaniyalik o‘smir qizlar bilan tanishish uchun Ronaldu qiyofasiga kirgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish