Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi omborxonada yuz bergan ulkan yong‘inni o‘chirish vaqtida 36 nafar o‘t o‘chiruvchi bedarak yo‘qoldi
13 avgustga o‘tar kechasi Xitoyning shimoli-sharqida joylashgan Tyantszin port shahrida kuchli portlash sodir bo‘lgach, kelib chiqqan ulkan yong‘inni bartaraf etish chog‘ida 36 nafar o‘t o‘chiruvchi bedarak ketdi. Bu haqda China Daily nashri xabar bermoqda.

Taxmin qilinishicha, ular takroriy portlashga uchrab, halok bo‘lgan.
Shuningdek, 33 nafar o‘t o‘chiruvchi ish vaqtida og‘ir jarohatlar olishgan.

Biroz oldinroq, bu portlash va yong‘in tufayli 42 kishi halok bo‘lgani tasdiqlangani xabar berilgandi.
Ayni vaqtda yong‘in o‘chog‘i bartaraf etilgan.
Binoning dastlabki holati