Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada murabbo festivali bo‘lib o‘tmoqda
13 avgustdan Moskvada ikkinchi murabbo festivali boshlandi, uning tayyorlanishiga 160 mln rublga yaqin pul sarflandi. Shaharning ba'zi ko‘chalari va maydonlari norasmiy ravishda 10 kunga qayta nomlandi. Misol uchun, Tver maydoni vaqtinchalik “Arbuznaya” maydoniga aylandi. Shahar aholisi va sayyohlar 19 ta davlatdan keltirilgan murabboning o‘nlab turlarini tatib ko‘rishga taklif qilindilar.

Bundan tashqari, an'anaviy rezavorlar va mevalardan tayyorlangan murabbolardan tashqari, joriy yilda chili garmdorisi va qoqiguldan tayyorlangan murabbolarni ham uchratish mumkin.
Moskva madaniyat departamenti 368 ta ijodiy guruh ishtirokida bayram dasturini tayyorladi. Festivalga 5 mln kishi tashrif buyurishi kutilmoqda.
Moskva markazida festival paytida bir nechta skulpturalar, jumladan sabzavot va mevalardan tashkil topgan skulptura, Manejnaya maydonidagi 11 metrlik tarvuz va murabbolardan tashshil topgan “sohilbo‘yi” o‘rnatildi.





















