Fan-texnika | 21:00 / 28.08.2015
5092
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda yangi Hyundai Elantra sedani fotosuratlari paydo bo‘ldi

Janubiy Koreyaning Autotribune sayti ixtiyorida keyingi avlod Hyundai Elantra modelining josuslik fotosuratlari paydo bo‘ldi. Koreyada bu model Avante AD deb ataladi, modelning aynan shu ko‘rinishi yig‘ish korxonasida suratga olindi.

Yangi “Elantra”ning ilk rasmiy surati martda paydo bo‘lgan edi, avgustda esa modening ekstereri va salon ichi ko‘rinishlari namoyish etilgan.

Yangi sedan Genesis va yangilangan i30 va i40 oilalarining dizayn elementlari bilan ta'minlanadi. Mashinaning intereridan 8 dyuymli ekran va Infinity audiotizimidan tashkil topgan yangi multimedia majmuasi o‘rin oladi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, modelning Yevropa va Janubiy Koreya uchun chiqariladigan modifikatsiyalari 1,7 litrli 141 ot kuchiga (340 Nm) ega dizel dvigatel bilan jihozlanadi. Shuningdek, modelning motorlar gammasidan 1,4 litrli turbomotor va 175 ot kuchiga ega 1,6 litrli benzinli dvigatel ham o‘rin oladi. Dvigatel “mexanik” va ikki ilashishli yetti pog‘onali “robot” shaklidagi uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi.

“Elantra” noyabr oyida Los-Anjyelesdagi motorshouda namoyish etiladi.